BOJXONA QO'MITASI «INTEGRATSIYALASHGAN TARIF» INTERAKTIV XIZMATINI JORIY ETADI


BOJXONA QO'MITASI «INTEGRATSIYALASHGAN TARIF» INTERAKTIV XIZMATINI JORIY ETADI
Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida «Integratsiyalashgan tarif» interaktiv xizmatidagi tegishli axborotning mas'ul vazirliklar va idoralar tomonidan o'z vaqtida yangilab borilishi va uzluksiz faoliyat yuritishini ta'minlash bo'yicha yo'riqnoma loyihasi muhokama qilinmoqda, deb yozadi Norma.
Prezidentning 29.06.2018 yildagi PQ–3818-son qaroriga muvofiq, 2018 yil 1 sentyabrgacha Davlat bojxona qo'mitasi veb-saytida «Integratsiyalashgan tarif» interaktiv xizmati ishga tushirilishi lozim.
Eslatib o'tamiz, «Integratsiyalashgan tarif» xizmati tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur batafsil axborotni, xususan quyidagi ma'lumotlarni real vaqt rejimida bepul asosda olish imkonini beradi:
 • tovarlarning bojxona chegarasi orqali harakati rejimini tartibga soluvchi normativ hujjatlar;
 • tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo'lgan hujjatlar;
• har bir tovarga mos ravishda bojxona bojlari stavkalari, ushbu hujjatlarni beruvchi organlar.
Interaktiv xizmat orqali axborot taqdim etish real vaqt rejimida bepul asosda amalga oshiriladi. Davlat organlariga unda nazarda tutilmagan ma'lumot va hujjatlarni talab etish man etiladi.
Vakolatli organlar interaktiv xizmatga o'z vaqtida, ishonchli va to'laqonli axborot kiritilishini ta'minlashlari kerak bo'ladi.
Loyiha o'zgartirilishi, unga qo'shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.