Reyestr haqida

Elektron tijorat subyektlari milliy reyestri – bu O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi "Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3724-son qarori bilan joriy etilgan elektron tijoratning mahalliy subyektlari haqidagi ma'lumotlarni o'zida jamlagan yagona elektron bank hisoblanadi.

Elektron tijorat subyektlari milliy reyestrini asosiy vazifalari va yo'nalishlari quyidagilardir:

- elektron tijorat ishtirokchilari to'g'risidagi yagona elektron bankni yaratish;

- elektron tijoratni joriy etish va rivojlanish holatini baholash, shu jumladan, axborot tizimlari va resurslarini joriy qilish samaradorligini o'rganish;

- elektron tijoratni samarali rivojlantirish uchun amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha maqsadli tahlil va takliflar tayyorlash.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi "Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3724-son qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi Milliy reyestrini shakllantirish, saqlash va rivojlantirish bo'yicha vazifalarni amalga oshirish belgilangan. Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar 2 foiz stavka bo'yicha yagona soliq to'lovini to'lovchilar hisoblanadi.