Elektron savdo maydonchasi, elektron xabar, elektron vosita, elektron shartnoma va elektron hujjat bu nima?
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 iyundagi “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibnin yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’grisida” 185-son qarori bilan tasdiqlangan eletktron tijoratni amalga oshirish qoyidalariga muvofiq:
Elektron savdo maydonchasi bu tashkiliy, axborot va texnik qarorlarning dasturiy-apparat majmui, shu jumladan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotish uchun axborot tizimi orqali sotuvchi va xaridorning (buyurtmachining) o’zaro xamkorligini ta’minlaydigan internet-do’koni deb belgilangan;
Elektron xabar bu axborotni jo’natuvchini identifikaciyalash imkonin beruvchi elektron shakld qayd etilgan axborot deb belgilangan;
Elektron vosita bu elektron shaklda axborotni qayta ishlash, saqlash va uni ayirboshlashga mo’ljallangan kompyuter va (yoki) boshqa texnik asbob, shunigdek telekommunikatsiyalar tarmogi deb belgilangan;
Elektron shatnoma bu tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi uchun axborot tizimlaridan foydalangan holda sotuvchi va xaridor o’rtasida tuziladigan shartnoma deb belgilangan;
Elektron hujjat bu electron shaklda qayd etilgan, electron raqamli imzo bila tasdiqlangan va electron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvazitlarga ega bo’lgan axborot.